Friday, April 18, 2014

Taraqqiyotning- kecha va buguni


Taraqqiyotning- kecha va buguni

Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo      halokat, yo saodat, yo falokat  yo najot masalasidir!



Jadidchilik – Taraqqiyot tomon qo’yilgan qadam!
Darhaqiqat Jadidlarning asosiy e’tibori yosh avlod ta’lim tarbiyasiga qaratildi. Ular “Usuli Jadid”, “Usuli Savtiya” maktablari ochib, xalqni ma’rifatga etaklashda muhim omil bo’lgan turli gazeta va jurnallar, asarlar chop etishdi. Turkiston Teatriga ham dastlab jadidlar asos solgan.
Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlarni jadidlarning harakatlariga solishtirish mumkin. Masalan, jadid maktablarini litsey va kollejlarga, “Umid” jamg’armasini “Jamiyati Hayriya”ga taqqoslash mumkin. Jadidchilarning jasorati shundaki ular o’zlariga qarshi siyosat yuritilayotgan paytda ham imkon topib mahalliy ma’rifatparvar boylarning hayriyalarini bir joyga to’plab, o’sha paytdagi iqtidorli yoshlarni topib, ularni Turkiya, Germaniya, Rossiya kabi ilg’or davlatlarning Oliy o’quv yurtlariga o’qishga yuborishadi. Jadidlarning bu harakatlari zoe ketmadi. Ularning safi tobora kengayib bordi. Afsuski sobiq Sovet hukumatini ularga qarshiligi ham shuncha o’sib bordi. Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, M.Abdurashidhonov, Z.Validiy kabi ziyoli xalqparvarlar barcha qiyinchiliklarga qaramay “Usuli savtiya” maktablarini ochishga zo’r berishadi. Bu maktablarni ochish katta fidoiyliklar hamda qurbonliklar evaziga amalga oshiriladi. Jadidlar yana bir hayrli ishni amalga oshirishadi. Ular o’z davrining iqtidorli yoshlarini topib chet ellarning nufuzli universitetlari va akademiyalariga o’qishga yuborishadi. Bu esa ularni xalqni ma’rifatga boshlashda hatto o’z jonlarini ham hatarga qo’yganligini ko’rsatadi.
Jadidlar harakatining poydevori jadid maktabi edi. Ularning yagona maqsadi jamiyatni yangilash edi. Bu yangilanishni esa faqat yangi avlod amalga oshirishi mumkin edi. Yangi avlodni esa ,,tarbiyalash’’ lozim. Eski ta’lim tizimi bilan amalga oshirish amri mahol edi. Shu muammoni o’z vaqtida zudlik bilan tushungan jadidlar yosh avlodni zamonaviy fanlarni, chet tillarini o’rganishga chaqirgan. Jadidlar masalaning bu tomoniga ham katta e’tibor qaratib yosh avlodni rus, nemis, ingliz, turk va boshqa tillarni mukammal egallashlariga katta e’tibor berishgan.
Hozirgi vaqtda ham chet tillarini bilish hayotimizda muhim o’rin tutibgina qolmay dunyo talabi ham hisoblanishi hech birimizga sir bo’lmay qoldi. Prezidentimizning yoshlar ta’lim tarbiyasiga berayotgan e’tiborini siyosat darajasiga ko’tarilganligi esa bir qancha ilg’or davlatlarning rahbarlari tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo’lmoqda. Ayniqsa hurmatli yurtboshimiz chet tillarini mukammal egallashga katta imkoniyatlar yaratib berayotganligi esa biz yoshlarni yana mas’uliyatliroq hamda o’zimiz ta’lim olayotgan sohaning eng so’nggi yangiliklaridan bohabar bo’lishga imkoniyat beradi.
Biz tahsil olayotgan ,,Andijon Davlat Universiteti’’da olib borilayotgan islohotlar fikrimizning isboti. Bilim olish, chet tillarini o’zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Qo’shimcha darslar, to’garaklar, lingafon xonalari, bundan tashqari, internet orqali boshqa davlatlardagi do’stlarimiz bilan bemalol muloqot qilish - bu biz talabalar uchun juda katta imkoniyatdir. Hulosa qilib aytganda muhtaram Prezidentimizning yoshlar faoliyati va tarbiyasiga berayotgan bunday yuksak e’tiborlarini ajdodlarimiz boshlagan hayrli ishning mantiqiy davomi deb aytish mumkin.

Andijon 2014 yil.

No comments:

Post a Comment