"Zamonaviy" muammolarimiz!!!
----- Shu telefoningizni juda mendan qizg’onasizda.
----- Qizg’onmiman faqat ehtiyot qilamanda qimmatga olganim uchun.
Hammamizga tanish holat oilamizda, har qalay aksariyatimizga.
Hozirgi sizu biz turli hil
zamonaviy gadjetlar arzon, mobil aloqa esa undanda arzon zamonda yashayapmiz.
Ko’p yoshlarimiz esa to’qlikka sho’xlik deya bu ne’matlardan noto’g’ri
foydalanishmoqda. Keling yuqoridagi suhbatni 5-6 oydan keying davomini tasavvur
qilishga harakat qilib ko’ramiz:
----- Oyijon men ketaman…..
----- Qayoqqa ketasiz qizim,?
----- O’g’lingiz o’ziga boshqaLARini
topib olgan. Hatto kechasiyam sms yozishadi.
----- Hee unaqamasdur, kompaniyadan kelsa kerak bu sms qurg’ur???
Hullas shu tarzda davom etadida hatto ba’zi bir oilalarni buzilishigacha
borib etmoqda.
Muammoning asl ildizlari menimcha quyidagilar:
n Yoshlarni turmushga
tayyor bo’lmay turib turmush qurishi
n Hayotga yengil
qarashi (tarbiyani yetishmasligi)
n Internet va
ijtimoiy saytlarga qaramlik, me’yorni bilmaslik
n To’qlikka sho’xlik
n O’z turmush o’rtog’ini
mensimaslik
Endi nimaga aynan bu sabablarni men bu joyda keltirganim haqida
qisqacha.
Ma’lumki o’zbekchilik, musulmonchilik degan vaj - korsonlar sababli
yigitlarimizni ham, qizlarimizni ham erta turmush qurish holatlarini juda ko’p
kuzatamiz. 17-18-20 yoshda inson ayni bilim oladigan, dunyoqarashini
o’stiradigan mahalda biz ularning elkasiga OILA deb atalmish muqaddas bir
jamiyatga boshchilik qilishdek ulkan vazifani yuklab qo’yamiz. Yoshlarimiz esa
ko’pincha bu vazifani bajarish o’rniga “o’ynab-kulish”ga tushib ketishmoqda.
Hayotga yengil qarash deganda men ko’cha kuyda yengil yelpi yurish emas
balkim oiladagi kattalar bilan munosabatda, turmush o’rtoqlari bilan
munosabatda, umuman yangi oilasining a’zolari bilan munosabatlarda umuman
mas’uliyat sezmaydigan ko’pgina misollarga o’z hayotimda duch keldim. Natijada
ular statistikamizning yosh oilalarning ajrashishi degan bo’limni paydo bo’lib,
uni gullab-yashnashiga sabab bo’lishmoqda holos. Ko’pincha tirik yetimlarni ham
jamiyatimizda sonini ko’payishiga o’z hissalarini qo’shishmoqda deb bilaman.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar – juda keng qamrovli va alohida post
bo’la oladigan mavzu. Ko’p yoshlarimiz odatda smartfonga egalik qilishadi.
Davlatimiz esa mobil aloqa eng arzon davlatlar qatorida. Qarabsizki hammaning
cho’ntagida smartfon va unga ulangan internet. Hozirda qisqa habarlar
almashuvchi kichik dastur(messenger)larning imkoniyatlari shu qadar kengki,
ular yordamida biz nafaqat rasm yoki habar, balkim videolarni ham bir-birimiz
bilan dunyoning u tomonidan bu tomoniga bir zumda almashmoqdamiz. Hatto bu
“messenger”lar qaysidur mashxurlarning obro’sini bir pul, yana boshqasinikini
esa osmonlarga chiqarib qo’ymoqda. Endi bu kabi imkoniyatlar qo’lda bo’lgandan
keyin ishlatamizda deb o’ylashingiz tabiiy. Lekin yahshilikka va me’yorida
bo’lsa mayli. Afsus ko’p yoshlar, eyyy boringki kattalar ham eski tanishlari,
oilasidan ajrab ketgan birinchi "muhabbat"lari, yoki ko’chada ketayotganimizda
manziliga eltib qo’yishni iltimos qilgan tanishlarimiz bilan tanishishni shu
kabi messengerlarda boshlash ham qulay, ham arzon. To’g’rida yuzma-yuz
turmagandan keyin har qanday gapni yozib tashlash mumkin, birov ko’rib bilib
o’tiribdimi? Hullas natijani tasavvur qilib olaverasiz.
Endi o’z turmush o’rtog’ini mensimaslik ko’proq hurmatli erkaklarda
uchrasa kerak biz tomonlarda. Chunki hali, Yaratganga shukrlar bo’lsin,
ayollarimiz u darajaga borishmadi. Ya'ni boshqacha qilib aytsak jinsiy kamsitish
deymizmi, yoki hotin kishi eridan bir pog’ona turib unga bo’ysunishi shart va
majbur deb tushunadigan yigitlarimiz kam bo’lsada uchrab turadi.
Yaqinda xizmat safari bilan Qo’qon shaxrida bo’ldim va qaytishda bir
bolali yosh ayol bilan hamroh bo’ldik. Bizni uchinchi sherigimiz esa yoshi
ulug’ otahon edi. U otahon suhbat asnosida hammamizni suhbatga tutdi.
Suhbatlardan ma’lum bo’ldiki hamrohimiz, bolali ayol 1992-yil tug’ilgan,
farzandi 4 yoshga kirgan va turmushidan ajragan ekan. Otahon sababini
so’raganda u ayolning eri boshqa ayollar bilan yurishini va hatto bittasiga uylanib
olganini aytdi. Shundan so’ng ayol ajrashishga qaror qilgan ekan. Bu kabi
misollar atrofimizda ham juda ko’p (afsuslar bo’lsinki).
Suhbat davomida u ota aytdiki hamma ayb, 100 foiz ayb oilaning boshlig’i erkaklarda ekan. Sabablarini ham keltirib o’tdi: Oila boshlig’I oilaning har
bir a’zolari tarbiyasiga mas’ul. Buning uchun boshliq avvalo o’zi boshqalarga
o’rnak bo’lishi kerak. Undan keyin erkak kishi uylandimi o’z ayolining ham
hurmatini joyiga qo’yishi kerak, shundagina turmush go’zal, farzandlar
tarbiyali bo’lib o’sadi deb o’z fikrlariga yakun yasagan bo’ldi.
Menimcha ham Otahon qaysidur ma’noda haq. Lekin u otahonning davrida
hamma qizlaru ayollar oriyatli, g’ururli, hayoli-iboli bo’lishgan. Hozirda
qizlarimizning turli hil be’maza qiliqlarini hammamiz har kuni telegram orqali
ko’rayapmiz, bilayapmiz.
Shu o’rinda men zamondosh yoshlarimizga qarab ukalar, singillar,
tengdoshlar, akalaru opalar: Kelinglar har qanday tarbiyasizlikka chek qo’yib
bir-birimizga ayniqsa kichiklarimizga o’rnak bo’laylik.
Hozirda siz va menga berilayotgan imkoniyatlar 30 yil oldin
berilganmidi, ota-onalarimizning hayoliga kelganmidi? Kelinglar shu
imkoniyatlardan unumli foydalanib bobolarimiz Ibn Sino, Navoiy kabi zotlarga
munosib avlod bo’laylik degim keladi.
Bu gaplar eng avvalo o’zimga
tegishli. Men bu bilan kimnidur, yoki qaysidur jins vakillarini kamsitmoqchi
emasman. Faqat hayolimdagi ba’zi bir o’y fikrlarimni o’rtoqlashmoqchi bo’ldim
holos.
Agar fikrlarim noto’g’ri bo’lsa u holda men sizni eshitishga tayyorman.
Zero men bilmaganimni albatta sizdan o’rganaman.