Tuesday, February 16, 2016

Zamonaviy muammo




                                                 "Zamonaviy" muammolarimiz!!!

----- Shu telefoningizni juda mendan qizg’onasizda.
----- Qizg’onmiman faqat ehtiyot qilamanda qimmatga olganim uchun.
Hammamizga tanish holat oilamizda, har qalay aksariyatimizga.
Hozirgi  sizu biz turli hil zamonaviy gadjetlar arzon, mobil aloqa esa undanda arzon zamonda yashayapmiz. Ko’p yoshlarimiz esa to’qlikka sho’xlik deya bu ne’matlardan noto’g’ri foydalanishmoqda. Keling yuqoridagi suhbatni 5-6 oydan keying davomini tasavvur qilishga harakat qilib ko’ramiz:
----- Oyijon men ketaman…..
----- Qayoqqa ketasiz qizim,?
-----  O’g’lingiz o’ziga boshqaLARini topib olgan. Hatto kechasiyam sms yozishadi.
----- Hee unaqamasdur, kompaniyadan kelsa kerak bu sms qurg’ur???

Hullas shu tarzda davom etadida hatto ba’zi bir oilalarni buzilishigacha borib etmoqda.

Muammoning asl ildizlari menimcha quyidagilar:
n  Yoshlarni turmushga tayyor bo’lmay turib turmush qurishi
n  Hayotga yengil qarashi (tarbiyani yetishmasligi)
n  Internet va ijtimoiy saytlarga qaramlik, me’yorni bilmaslik
n  To’qlikka sho’xlik
n  O’z turmush o’rtog’ini mensimaslik
Endi nimaga aynan bu sabablarni men bu joyda keltirganim haqida qisqacha.
Ma’lumki o’zbekchilik, musulmonchilik degan vaj - korsonlar sababli yigitlarimizni ham, qizlarimizni ham erta turmush qurish holatlarini juda ko’p kuzatamiz. 17-18-20 yoshda inson ayni bilim oladigan, dunyoqarashini o’stiradigan mahalda biz ularning elkasiga OILA deb atalmish muqaddas bir jamiyatga boshchilik qilishdek ulkan vazifani yuklab qo’yamiz. Yoshlarimiz esa ko’pincha bu vazifani bajarish o’rniga “o’ynab-kulish”ga tushib ketishmoqda.
Hayotga yengil qarash deganda men ko’cha kuyda yengil yelpi yurish emas balkim oiladagi kattalar bilan munosabatda, turmush o’rtoqlari bilan munosabatda, umuman yangi oilasining a’zolari bilan munosabatlarda umuman mas’uliyat sezmaydigan ko’pgina misollarga o’z hayotimda duch keldim. Natijada ular statistikamizning yosh oilalarning ajrashishi degan bo’limni paydo bo’lib, uni gullab-yashnashiga sabab bo’lishmoqda holos. Ko’pincha tirik yetimlarni ham jamiyatimizda sonini ko’payishiga o’z hissalarini qo’shishmoqda deb bilaman.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar – juda keng qamrovli va alohida post bo’la oladigan mavzu. Ko’p yoshlarimiz odatda smartfonga egalik qilishadi. Davlatimiz esa mobil aloqa eng arzon davlatlar qatorida. Qarabsizki hammaning cho’ntagida smartfon va unga ulangan internet. Hozirda qisqa habarlar almashuvchi kichik dastur(messenger)larning imkoniyatlari shu qadar kengki, ular yordamida biz nafaqat rasm yoki habar, balkim videolarni ham bir-birimiz bilan dunyoning u tomonidan bu tomoniga bir zumda almashmoqdamiz. Hatto bu “messenger”lar qaysidur mashxurlarning obro’sini bir pul, yana boshqasinikini esa osmonlarga chiqarib qo’ymoqda. Endi bu kabi imkoniyatlar qo’lda bo’lgandan keyin ishlatamizda deb o’ylashingiz tabiiy. Lekin yahshilikka va me’yorida bo’lsa mayli. Afsus ko’p yoshlar, eyyy boringki kattalar ham eski tanishlari, oilasidan ajrab ketgan birinchi "muhabbat"lari, yoki ko’chada ketayotganimizda manziliga eltib qo’yishni iltimos qilgan tanishlarimiz bilan tanishishni shu kabi messengerlarda boshlash ham qulay, ham arzon. To’g’rida yuzma-yuz turmagandan keyin har qanday gapni yozib tashlash mumkin, birov ko’rib bilib o’tiribdimi? Hullas natijani tasavvur qilib olaverasiz.

Endi o’z turmush o’rtog’ini mensimaslik ko’proq hurmatli erkaklarda uchrasa kerak biz tomonlarda. Chunki hali, Yaratganga shukrlar bo’lsin, ayollarimiz u darajaga borishmadi. Ya'ni boshqacha qilib aytsak jinsiy kamsitish deymizmi, yoki hotin kishi eridan bir pog’ona turib unga bo’ysunishi shart va majbur deb tushunadigan yigitlarimiz kam bo’lsada uchrab turadi.
Yaqinda xizmat safari bilan Qo’qon shaxrida bo’ldim va qaytishda bir bolali yosh ayol bilan hamroh bo’ldik. Bizni uchinchi sherigimiz esa yoshi ulug’ otahon edi. U otahon suhbat asnosida hammamizni suhbatga tutdi. Suhbatlardan ma’lum bo’ldiki hamrohimiz, bolali ayol 1992-yil tug’ilgan, farzandi 4 yoshga kirgan va turmushidan ajragan ekan. Otahon sababini so’raganda u ayolning eri boshqa ayollar bilan yurishini va hatto bittasiga uylanib olganini aytdi. Shundan so’ng ayol ajrashishga qaror qilgan ekan. Bu kabi misollar atrofimizda ham juda ko’p (afsuslar bo’lsinki).

Suhbat davomida u ota aytdiki hamma ayb, 100 foiz ayb oilaning boshlig’i erkaklarda ekan. Sabablarini ham keltirib o’tdi: Oila boshlig’I oilaning har bir a’zolari tarbiyasiga mas’ul. Buning uchun boshliq avvalo o’zi boshqalarga o’rnak bo’lishi kerak. Undan keyin erkak kishi uylandimi o’z ayolining ham hurmatini joyiga qo’yishi kerak, shundagina turmush go’zal, farzandlar tarbiyali bo’lib o’sadi deb o’z fikrlariga yakun yasagan bo’ldi.

Menimcha ham Otahon qaysidur ma’noda haq. Lekin u otahonning davrida hamma qizlaru ayollar oriyatli, g’ururli, hayoli-iboli bo’lishgan. Hozirda qizlarimizning turli hil be’maza qiliqlarini hammamiz har kuni telegram orqali ko’rayapmiz, bilayapmiz.
Shu o’rinda men zamondosh yoshlarimizga qarab ukalar, singillar, tengdoshlar, akalaru opalar: Kelinglar har qanday tarbiyasizlikka chek qo’yib bir-birimizga ayniqsa kichiklarimizga o’rnak bo’laylik.

Hozirda siz va menga berilayotgan imkoniyatlar 30 yil oldin berilganmidi, ota-onalarimizning hayoliga kelganmidi? Kelinglar shu imkoniyatlardan unumli foydalanib bobolarimiz Ibn Sino, Navoiy kabi zotlarga munosib avlod bo’laylik degim keladi.   
 Bu gaplar eng avvalo o’zimga tegishli. Men bu bilan kimnidur, yoki qaysidur jins vakillarini kamsitmoqchi emasman. Faqat hayolimdagi ba’zi bir o’y fikrlarimni o’rtoqlashmoqchi bo’ldim holos.
Agar fikrlarim noto’g’ri bo’lsa u holda men sizni eshitishga tayyorman. Zero men bilmaganimni albatta sizdan o’rganaman. 




No comments:

Post a Comment