Wednesday, May 7, 2014

Tabassum sehri!

Tabassum qilinglar degan edi Olamlarga rahmat bo’lib kelgan Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom (S.A.V).
Bu gapning asl mohiyatini men dastlab to’liq tushunib etmagan edim. Ammo keyinchalik bildimki tabassum bir-birimizga bo’lgan mehr-muhabbatni, oqibatni, va do’stlik tuyg’ularini oshishiga olib kelar ekan. Hozirda bu sababni, o’zi musulmon bo’lmasada, butun dunyo ahli tushunib amal qila boshlagan. Uzoqqa bormaylikda o’zimdan misol keltirsam. Taqdir taqozosi bilan Malayziya davlatida bir yil yashadim. U erning ham halqlari huddi biz kabi ko’p millatli va aholisining ko’pgina qismi musulmonlarni tashkil qiladi. Eng muhim jihati ular ko’p millatli bo’lishiga qaramasdan huddi biz kabi o’zaro do’stona kayfiyatda yashaydilar. Malayziya halqlarining meni hayron qoldirgan jihati doimo bir-birlariga tabassum bilan ro’baro’ bo’lishidir. Yani ro’parasidan kim chiqsa, u qora tanlimi, ko’zlari qisiqmi, boymi, kambag’almi, erkakmi ayolmi baribir. Hamma bir biriga tabassum qilgan holda qarashadi, so’zlashadi hayrlashadi va hokazo. Men ularning madaniyatida ko’rgan jihatlarning eng yahshilaridan biri shu bo’ldi. Undan tashqari bizdagi eng og’riqli “tochka” haydovchilik madaniyati! Ularning haydovchilaridan o’rganadiganlarimiz judayam ko’p. Eng zaruri va foydalisi bizda endi endi kuzatilayotgan “probkalar”. Yo’ldagi tiqilinchlarni ko’rib hayron qoldim. Qachon etib borarkanman manzilga deb. Ular tiqilinchda turganda umuman signal chalishmaydi, bitta qatordan boshqasiga umuman o’tmaydi. Ishoning bitta mashina bu qatorda tursayu yonidagi qator bo’shab qolsa hech qachon qoidani buzib boshqa qatorga o’tib olmaydi negadur ular. Katta yo’llarda bo’lsa “jaywalk”larga yo’l berib kulib “how are you?” deb o’tib ketishadi kamiga bizni hijolat qilib. 
                                                         


Bizning haydovchilar (o’zim ham) ulardan ko’p narsani o’rgansak bo’lar ekan. Ayniqsa yo’lda haydovchilik madaniyatini.
Ular bir – birlariga bo’lgan mehrni etarlicha tasvirladim agar oshirvormagan bo’lsam. Shu tabassum sababli (har qalay bu mening shaxsiy fikrim) u erda yashovchilarda men qand, “davleniya”, asab kasalliklari bor odamlarni umuman uchratmadim. Bilmadim balkim bunga iqlimi ham sababdir.
Hammamiz bilganimizdek Malayziya rivojlangan davlatlar qatorida Osiyoda dastlabki o’rinlarda turadi. Shuning uchun Malayziya shaxarlarining ko’chalarida dunyoning eng mashxur brendlarining firma do’konlarini uchratish mumkin. Endi do’konmisan do’konda. Hatto o’sha do’konlarda ham kiyinishidan sal sharoiti og’irligi bilinib turgan odamlar kirsa ham puli ko’plarga qilinadigan muomala qiliniadi. Bu holatlar har qalay boshimdan juda ko’p o’tgan.
Men bu fikrlarim bilan kimnidur yomonlab yoki aksincha kimnidur osmonlarga olib chiqish emas balkim hammadan faqat va faqat yahshi jihatlarni o’zlashtirish kerak demoqchi bo’ldim. Menimcha eplolmadim.
Men yurtimizga qaytib kelganimizning birinchi daqiqasidayoq tabassumning sehrini sezdim. Samolyot qo’nganidan so’ng hammamizga ma’lum jarayonlar va ohiri bojhona tekshiruvi. Shunda hammaning yuklarini sinchiklab tekshirib birma – bir o’tkizayotgan bojhona hodimiga tabassum bilan:
-          Assalomalekum, aka hormang      
-          Salomat bo’ling, sumkangizda nimalar bor?
-          Aka shu o’zimni eski tuski kiyimlarim va albatta do’st birodarlarga olgan sovg’alarim 
degandim mayli o’ting tezroq dedi va meni indamasdan chiqarib yubordi. Men juda hursand bo’lib meni kutib turgan akamni oldiga yugurdim.