Wednesday, August 20, 2014

Chaynalgan mavzu haqida yana!

Yana million haqidami demang. Chunki bu mavzuni shunchalik ko’p tanqid qilish kerakki keyinchalik bizni bezovta qilmasin. Oldingi yozilgan blogpostlar juda to’g’ri. Jamoa bizning mentalitetimizga, dinimizga, qarashlarimizga yot bo’lgan jihatlarni kulguga olgan. Aslida bular birinchisi emas, lekin kosaga to’kilgan ohirgi tomchi bo’lishdi shekilli. Men ularni tomoshasini 15 minut ko’ra oldim holos.
Shu mavzu haqida ishxonada hamkasblar bilan fikrlasha turib bitta qiziq fikrga duch keldim. Jamoa yahshisi o’z reklamalariga, biletlariga va umuman tomosha bilan bog’liq PRlariga 18+ belgisini qo’yishi kerak edi. Endi bu Evropa va umuman g’arbdan ko’chirma bo’lardi qolardi. Aslida hozir tomoshaga shaxsan tushganlardan birortasi voyaga etmagan farzandini olib borgan bo’lsa shu 18+ belgisi yo’qligi uchun jamoadan millionlar undirishi mumkin menimcha sud orqali. Yahshiyam Amerika emasmiz. Bo’lmasam jamoa bor topgan pulini jarima qilib qaytararmidi…

Hullas gapni indallosi muhtaram “Million”chilar: agar keying safar tomoshangizda yana shunaqa beldan pastga qaratilgan “prikol”lar bo’lsa o’z advokatingiz bilan maslahat qilib o’z reklamangizni chap tomon tepa qismiga 18+ belgisini qo’yinglar. Bo’lmasam men ham dadam qilgan ishni qilaman.