Monday, April 28, 2014

Oq non!


Assalomalekum. Bugun men yana bir marta biz o’zbek halqining buyukligiga qoyil qoldim. Qanday deysizmi? “Toshkent non shaxri” filmidan so’ng. Filmdagi obraz Mahkam otaning bir emas, ikki emas naqd 12 ta etim bolani asrab olishi – bu hozirgi zamon kishilarining fikri bilan aytganda naqd jinnilikning o’zginasi. “Tem bolee” urush vaqtida.
Uyat bo’lsa ham aytaman filmning ba’zi bir sahnalarini, ba’zi bir emas 90 % sahnalarini ko’zimda yosh bilan tomosha qildim. Qaniydi hozirgi zamondoshlarimiz ham hech bo’lmasa shunga o’hshash fikrlarni o’z hayotiga ozgina olib kirolganda olam guliston bo’lardi.
            Kinoni ko’ryapmanu hayolimdan o’g’lim o’tyapti. Sho’xlik qilib qo’lidagi nonini otib yuboradimiey, yoki onasiga achchiq qilib atayin ovqatini to’kadimi? Hulas yosh bolacha sho’xliklar. Kinoning bir sahnasida esa bolalarning onasi kasalhonada, dadasi ishda. O’zlari yeguliklar olib kelib tirikchilik qilishadi. Bir kun oq non (buhanka) olib kelib hursand bo’lishib birma bir hidlab chiqishadi. Eng kichkina qizaloq esa oq noon, oq noon degancha hursand baqira boshlaydi. O’zimni tutib turolmadim.
            Aslida bu kinoni bir necha o’n marta ko’rganman. Shunday bo’lsada yana bir marta ko’rdim. Siz ham yana bir marta ko’ring. Ha yahshilab ko’ring. 

No comments:

Post a Comment